Fransiyalik siyosatchilar noqonuniy shaklda Ozarbayjon chegarasini bosib o‘tdi

Olam

image

Bugun, 23 dekabr kuni Fransiyaning Ozarbayjondagi Muvaqqat ishlar vakili Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, unga norozilik notasi topshirildi. Bu haqda Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi. 

Xabar qilinishicha, nota diplomatga Parij viloyati rahbari Il-do-Frans va Respublikachilar partiyasidan Fransiya prezidentligiga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda nomzod Valeri Pekresning 22 dekabr kuni Ozarbayjonning Xankendi shahriga noqonuniy tashrifi munosabati bilan taqdim etilgan. 

“Saylov kampaniyasi doirasida boshqa fransuz siyosatchilari hamrohligida Ozarbayjon suvereniteti va hududiy yaxlitligiga qarshi qaratilgan ushbu tashrif mamlakat milliy qonunchiligini buzish hisoblanadi. Shu munosabat bilan Fransiyaning mamlakatimizdagi Muvaqqat ishlar vakili Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi va unga norozilik notasi topshirildi”, deyiladi TIV xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

198

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing