Fransiyada vaziyat og‘ir. Mamlakatda rekord ko‘rsatkich qayd etildi

Olam

image

Kecha, 10 oktyabr kuni Fransiyada 26 ming 896 ta koronavirus bilan bog‘liq holat qayd etildi. Bu pandemiya boshlanganidan beri kuzatilmagan rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga asoslanib xabar berilgan.

Bungacha maksimal ko‘rsatkich 20 mingga yetgan bo‘lgan. Mamlakatda kasallik yuqtirganlar soni 719 mingdan oshgan. 33 mingga yaqin bemor vafot etgan. So‘nggi bir hafta ichida 4 ming 999 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Ulardan 928 nafari jonlantirish bo‘limida. 

Eslatib o‘tamiz, mamlakat poytaxti -Parij Hukumati koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish maqsadida shaharda cheklovlarni kuchaytirishga qaror qilgandi.

Ma’lumot uchun, pandemiya boshlanganidan beri dunyoda jami 37 million koronavirus bilan bog‘liq holat qayd etilgan. Ulardan qariyb 28 millioni sog‘aygan. 1 milliondan ortiq odam vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

401

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing