Fransiyada namoyishlarning uchinchi kechasida 421 kishi hibsga olindi (video)

Olam

image

Fransiyada 17 yoshli o‘smirning o‘limidan so‘ng boshlangan tartibsizliklar fonida umumiy 421 kishi hibsga olindi. Bu haqda “Le Figaro” nashri manbalariga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tartibsizliklar sodir etib hibsga olinganlarning aksariyati 14-18 yoshdagi o‘smirlardir.

Nashrning yozishicha, bu hibsga olish rekord hisoblanadi. Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, kecha tunda ko‘plab shaharlarga o‘t qo‘yilgan, bu esa ko‘plab jamoat binolarining vayron bo‘lishiga, o‘g‘rilik va vandalizm harakatlariga olib kelgan. Tartibsizliklar epimarkazi bo‘lgan Nanterda kechgacha vaziyat keskinligicha qolgan.

Joriy yilning 27 iyun kuni Parijga yaqin Nanter shahrida 17 yoshli jazoirlik yigit yo‘l harakati qoidalarini buzgan va uni politsiya to‘xtatgan. Bo‘ysunishdan bosh tortgani uchun yigitga o‘q uzilgan. Haydovchi ko‘kragiga o‘q tegib vafot etgan. 

Shundan so‘ng, mamlakatning turli shaharlarida tartibsizliklar boshlangan. 29 iyun oqshomida namoyishlarning oldini olish uchun 40 ming politsiyachi safarbar etilgan. Ayrim shaharlarda soat 21:00 yoki 22:00 dan boshlab komendantlik soati, shuningdek, tungi vaqtda jamoat transportida cheklovlar joriy etilgan.Tartibsizliklarning birinchi kechasida 150 nafar kishi hibsga olingandi.

Keyinroq Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Twitter'da marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

“Sud haqiqatni aniqlashi va aybdorlarni jazolashi kerak”, deydi Makron.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiyada namoyishlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar