Fransiyada koronavirusga qarshi dori muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi

Olam

image
Tramp: Xitoy AQSHni koronavirus tarqalishi haqida ogohlantirishi kerak edi north_east

Tramp: Xitoy AQSHni koronavirus tarqalishi haqida ogohlantirishi kerak edi

Fransuz olimlari COVID-19 kasalligini keltirib chiqaradigan CARC-COV-2 koronavirusiga qarshi preparatni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Mutaxassislarning tadqiqotlari "International Journal of Antimicrobial Agents"da nashr etildi.

Ma’lum qilinishicha, tadqiqotda infeksiyani antimalarial dorilar gidroksixloroxin va azitromitsinning kombinatsiyasi bilan davolash usuli sinovdan o‘tkazilgan. Bu moddalarning virusga qarshi samaradorligi to‘g‘risida ko‘plab shifokorlar, xususan, xitoyliklar xabar bergan edi.

Yuqumli kasalliklar shifoxonasida o‘tkazilgan tadqiqotda koronavirusi yuqtirganyoki virus alomatlari bo‘lganlar ishtirok etdi. Tadqiqot ishtirokchilarining 16 nafari asosan antibiotiklar qabul qildi. Qolgan 14 kishi gidroksixloroxinni o‘n kun ichdi, bundan tashqari ulardan oltitasi qo‘shimcha ravishda azitromitsinni qabul qildi.

Mazkur davolanish natijasida beshinchi kun gidroksixloroxin va azitromitsin kombinatsiyasini qabul qilgan bemorlar tuzalib ketdi (sinov CARC-COV-2 ni aniqlamadi). Shuningdek, to‘qqizinchi kuni nazorat guruhidagi bemorlardan biri davolandi, ular yettinchi kungacha azitromitsinni qabul qilmagan.

Tadqiqot mualliflari bu dastlabki natijalar ekanini, biroq umid borligini ta’kidlab o‘tgan.

Ma’lumot uchun, hozirgacha dunyoda 343 421 kishi koronavirus yuqtirib olgan, 14 790 kishi vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 46 nafarga yetdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya koronavirus

Baholaganlar

1339

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing