Fransiyada koronavirus tarqalishi tezlashdi
Olam
−
02 Oktabr 2020
6271Fransiyada koronavirusga chalinganlar soni tez sur’atlarda o‘sishda davom etyapti. 1 oktyabr kuni mamlakatda 13 970 nafar kishida kasallik qayd etilgan. Bu haqda "The Guardian" xabar bermoqda.
30 sentyabr kuni esa mamlakatda 12 845 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.
Fransiya Sog‘liqni saqlash vaziri Olive Veran shu haftaning dam olish kunlarida vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarmasa, Parij dushanba kunidan boshlab qat’iy karantin rejimga o‘tishidan ogohlantirgan. U barcha bar va restoranlar yopilishi mumkinligini ta’kidlagan.
"Bu tendensiyani tasdiqlash uchun bizga bir necha kun kerak. Agar kasallar o‘sishi shu holatda davom etsa, biz dushanbadan boshlab qattiq karantin rejimini joriy qilamiz. Boshqa ilojimiz ham yo‘q", degan Veran.
Ma’lumot uchun, Fransiyada koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon 577,5 mingdan ortiq kasallik yuqtirish holati aniqlangan. 32 mingdan ko‘proq kishi koronavirusdan vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar 34 milliondan oshib ketgan.
LiveBarchasi