Fransiyada 84 yashar qariya masjdiga qarata o‘q uzdi

Olam

image

Fransiya janubidagi Bayonna shahrida yashovchi 84 yashar qariya masjidga kelganlarga qarata o‘q uzdi. Bu haqda Euronews xabar bermoqda. 

Ma’lum bo‘lishicha, qariya avtomobilida masjid yaqiniga kelib, bino tomonga "Molotov" kokteyli tashlagan (benzin to‘la kanistrni uloqtirgan) va kamida 4 marotaba o‘q uzgan. Buning oqibatida ikki kishi og‘ir yaralangan.

Qariya hodisa joyidan yashiringan, biroq oradan bir necha soat o‘tib politsiya tomonidan uyida, Bayonnadan taxminan 100 kilometr uzoqda qo‘lga olingan.

Masjidga hujum uyushtirgan qariya 2015 yilda mahalliy saylovlarda "Milliy front" partiyasidan nomzodini qo‘ygan.

Partiya rahbari hujumni qoraladi. "Ushbu harakat bizning harakatimiz kurashayotgan barcha qadriyatlarga ziddir", deb yozdi Le Pen Twetter`dagi sahifasida hamda  ushbu jinoyat uchun jazoga nisbatan eng qattiq munosabatda bo‘lishga chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Bayonna shahrida masjidga hujum qilindi

Baholaganlar

115

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar