Fransiyada 8 yoshli bola I Jahon urushiga oid granata topdi

Olam

image

Lion yaqinidagi Tassan lya Demi-Lyun kommunasida 8 yoshli bola o‘z bog‘idan I Jahon urushiga oid granata topdi va uni qurolsizlantirish uchun sapyorlar yetib keldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, bola bog‘da ukalari bilan o‘ynab yurganida to‘satda granatani topib oladi.

“Yoshligiga qaramay, u darhol ukalariga “ehtiyot bo‘ling va uzoqroqqa boring, bu granataga o‘xshayapti”, dedi. Shundan keyin u menga xabar berdi, men esa jandarmalarni chaqirdim” deydi bolaning otasi.

Sapyorlar guruhi kelguniga qadar granata atrofdan bir necha o‘n metrlik masofada qamal qilingan, keyinchalik xavfsizlik nuqtai nazaridan u hududdan olib tashlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

335

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing