Fransiyada 2 ta qiruvchi samolyot to‘qnashdi. Qurbonlar bor

Olam

image

Fransiya shimoli-sharqida 2 ta Dassault Rafale qiruvchi samolyotining to‘qnashishi oqibatida ikki nafar harbiy uchuvchi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligiga tayanib, “Sky News” xabar berdi.

Hodisa harbiy samolyotlar Kolombe-Le-Bel shaharchasi yaqinidagi Vosges mintaqasida o‘quv missiyasini amalga oshirayotganda yuz berdi. Ikki uchuvchi – instruktor va stajyor jangovar manyovrni bajarish chog‘ida halok bo‘lgan.

Ikkinchi reaktiv samolyotdagi uchuvchi samolyotdan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan va yengil jarohatlar olgan. Ko‘p o‘tmay u tirik topilgan, ammo aviahalokat oqibatida halok bo‘lgan uchuvchilarni topish uchun politsiya o‘rmon hududida bir necha soatlik qidiruv ishlarini olib borgan.

Mamlakat Prezidenti Emmanyuel Makron halok bo‘lganlarning ismi kapitan Sebastyan Mabir va leytenant Matis Lorens bo‘lib, ular anchadan beri Qurolli kuchlar tarkibida xizmat olib borayotganini aytdi.

“Mamlakat aholisi Sen-Dizedagi 113-havo bazasida sodir bo‘lgan mudhish voqea tufayli ularning oilalari va aka-ukalariga hamdardlik bildiradi. Biz ularning qayg‘usiga sherikmiz”, degan Makron o‘zining X sahifasida.

Mudofaa vazirligi rasmiylarining ma’lum qilishicha, hozirda hodisa sabablarini aniqlashda harbiy va sud tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida harbiy vertolyot halokatga uchrab, vertolyot ekipaji halok bo‘lgandi. Shuningdek, Turkiyada vertolyot qulashi oqibatida ikki uchuvchi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya qiruvchi samolyot Dassault Rafale

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing