Fransiyada 10 ming gektarga yaqin o‘rmon yonib ketdi (fotoreportaj)

Olam

image

Fransiyada joriy hafta boshidan buyon 10 ming gektarga yaqin o‘rmon maydoni yonib ketdi. Bu haqda BFMTV telekanali xabar bergan.

Mamlakat rasmiylariga ko‘ra, 8 avgustdan beri Fransiyadagi o‘rmon yong‘inlari 9830 gektar maydondagi yashillikni yo‘q qilgan.

Mamlakat janubi-g‘arbidagi Jironde departamenti eng ko‘p zarar ko‘rgan – u yerda 7,4 ming gektar o‘rmon yonib ketgan. G‘arbda, Men va Luarada yong‘in 1,5 ming gektar, mamlakat janubidagi Averon va Lozerda – 730 gektar, Ardesheda – 200 gektar maydonni yo‘q qilgan.

Jironde o‘t o‘chirish boshqarmasi boshlig‘i Mark Vermelenning aytishicha, kecha, 11 avgust kuni yong‘inlarni o‘chirishda ikki nafar o‘t o‘chiruvchi jarohatlangan. Yong‘inni o‘chirish davom etmoqda.

Fransiya Bosh vaziri Elizabet Born avvalroq mamlakat Yevropa Ittifoqidan o‘rmon yong‘inlarini bartaraf etish uchun qo‘shimcha yong‘in o‘chirish samolyotlarini so‘rashini ma’lum qilgan. 

Aytish joizki, Fransiyada sodir bo‘lgan o‘rmon yong‘inlari tufayli suv iste’moliga katta cheklov joriy qilindi. Pei-de-la-Luar va Yangi Akvitaniya mintaqalaridagi ba’zi departamentlarda har qanday ustuvor bo‘lmagan, shu jumladan qishloq xo‘jaligi uchun suvdan foydalanishni cheklovchi qizil ogohlantirish e’lon qilingan.




Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

44

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing