Fransiya JCH oldidan Kot-d’Ivuarga mag‘lub bo‘ldi

Sport

image

Kecha, 4 iyun kuni Jahon chempionati oldidan bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda Fransiya milliy terma jamoasi Kot-d’Ivuar terma jamoasiga mag‘lub bo‘ldi.

Nant shahrida bo‘lib o‘tgan bahs mehmonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Maydon egalari safida Rayan Sherki 45-daqiqada gol urdi. Kot-d’Ivuar terma jamoasi tarkibida Fransiya futbolchisi Dezire Duening akasi Gela Due 53-daqiqada hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, Amad Diallo 84-daqiqada g‘alaba golini kiritdi.

Shu tariqa, Jahon chempionatida asosiy favorit sifatida ko‘rilgan Fransiya terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida mag‘lubiyatga uchradi.

Shuningdek, Jahon chempionatidan oldin Fransiya terma jamoasi yana bir o‘troqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Ushbu bahs joriy yilning 8 iyun kuni Shimoliy Irlandiyaga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Fransuzlar Jahon chempionatida “I” guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, Senegal, Iroq va Norvegiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Kot-d’Ivuar terma jamoasi esa mundialda “E” guruhida Germaniya, Kyurasao va Ekvador terma jamoalari bilan kuch sinashadi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Jahon chempionati Kot-d’Ivuar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing