Fransiya yashirincha Ukraina harbiylarini o‘qitishi mumkin – OAV

Olam

image
0:00
0:00
download

Fransiya yashirincha Ukraina harbiylari uchun maxsus tayyorgarlik o‘tkazayotgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Fransiya Qurolli Kuchlari vaziri yordamchisiga tayanib, “Politico” nashri xabar berdi.

Fransiya Mudofaa vazirligi xodimiga ko‘ra, Parij ukrainalik askarlarni ommaviy tayyorlashdan bosh tortgan. Biroq u ixtisoslashtirilgan mashg‘ulotlar Parij boshchiligida o‘tkazilishi mumkinligiga shama qilgan.

“Buyuk Britaniya asosiy ta’limni tashkil etishga qaror qildi. Biz ko‘proq maxsus ta’lim beramiz. Biz sizga barcha qilayotgan ishlarimizni aytib bermoqchi emasmiz”, deydi vazir yordamchisi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat Rossiya “maxsus operatsiyasi” boshlanganidan beri 40 ga yaqin ukrainalik askarni, asosan, “CAESAR” o‘ziyurar gaubitsalaridan foydalanishga o‘rgatgan.

Nashrning qayd etishicha,  Londonning Ukraina harbiylarini tayyorlash tashabbusi mavjud talabni qondirish uchun yetarli bo‘lmaydi.

Ma’lumot o‘rnida, avvalroq Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaga 18 dona “CAESAR” o‘ziyurar gaubitsalarini yetkazib berish qarorini ma’lum qilgandi.

Avvalroq , Ispaniya o‘z hududida ukrainalik harbiylarni o‘qitishni boshlashi haqida xabar berilgan edi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

42

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing