Ispaniya o‘z hududida ukrainalik harbiylarni tayyorlashni boshlaydi
Olam
−
10 Sentabr 2022
3663Ispaniya o‘z hududida ukrainalik harbiylarni o‘qitishni boshlashga hozirlik ko‘rmoqda. Bu haqda “El Mundo” nashri xabar berdi.
Gazetaning qayd etishicha, Ukraina Qurolli Kuchlari jangchilariga tanklar va raketa tizimlaridan foydalanish o‘rgatiladi. Bundan tashqari, askarlar harbiy tibbiyot va sapyorlik bo‘yicha ham o‘qitiladi.
Harbiylarni o‘qitish jarayoniga Ispaniya armiyasining trenajyorlari va avtomashinalari, shuningdek, jangovar harakatlar vaqtida qo‘llaniladigan qurollar jalb etiladi.
Ma’lum bo‘lishicha, asosiy mashg‘ulotlar Ispaniya Mudofaa vazirligining Saragosadagi ob’ektlarida bo‘lib o‘tadi. Avvalroq, kamida 600 nafar yarador ukrainalik askarlar davolanish va tiklanish uchun bu shaharga yuborilgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, Ispaniya Afg‘oniston, Iroq yoki Mali kabi davlatlarda Qurolli Kuchlarni tayyorlash bo‘yicha katta tajribaga ega, biroq bu turdagi mashg‘ulotlar birinchi marta qirollik hududida o‘tkaziladi.
Farangiz Salimova
LiveBarchasi