Fransiya uchinchi karantinga tayyorlanmoqda

Olam

image

Yaqin kunlarda Fransiya Hukumati koronavirus tufayli yangi, ketma-ket uchinchi karantinni e’lon qilishi mumkin, deya xabar beradi “Le Journal du Dimanche” gazetasi mamlakat Hukumatidagi manbalariga asoslanib.

Xabarga ko‘ra, qaror yaqin kelajakda qabul qilinadi, yangi karantin vaqti va aniq cheklovlar muhokama qilinmoqda. Keyingi karantinni e’lon qilish Fransiyada koronavirusning “britancha” variantining tez tarqalishi va Janubiy Afrikadan topilgan yangi shtamm bilan bog‘liq.

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning yangi cheklovlar masalasidagi nutqi 27 yanvar, chorshanba kuni Mudofaa kengashining ushbu masalaga bag‘ishlangan yig‘ilishidan so‘ng bo‘lib o‘tishi kerak, deb yozadi gazeta. Yangi karantin rejimi kelasi haftaning oxiriga qadar kuchga kiradi va kamida uch hafta davom etadi.

Fransiyada birinchi karantin rejimi o‘tgan yil 17 martda koronavirus tarqalishi sababli joriy qilingan va 11 maygacha amal qilgan. Ikkinchi karantin 30 oktyabrda e’lon qilindi va 15 dekabrga qadar amal qildi. Endi Fransiyada komendantlik soati 18:00 dan 6:00 gacha amal qiladi, barcha restoran va kafelar, teatrlar, kinoteatrlar va muzeylar, shuningdek, sport inshootlari yopiq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

142

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing