Lukashenko lavozimidan o‘z ixtiyori bilan ketishi kerak – Makron

Olam

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘z lavozimini ixtiyoriy ravishda tark etishi kerak, deb hisoblaydi. 

"Bu hukumat inqirozi, zo‘rlik bilan ushlab turilgan avtoritar hukumat. Lukashenko ketishi aniq", deydi Fransiya Prezidenti.

Makron, shuningdek, norozilik namoyishlarida qatnashayotgan belaruslarning jasoratiga qoyil qolishini ta’kidladi. 

"Ular har haftaning dam olish kunlari bo‘layotgan namoyishlar orqali o‘zlariga qanday xavf tug‘dirishlarini tushunishadi, shuningdek, bu mamlakatda uzoq vaqtdan beri bosib kelingan demokratiya hayoti bilan nafas olishga ham intilishadi", deydi Fransiya Prezidenti. Shu bilan birga, u namoyishlarda qatnashgan ayollar alohida hurmatga loyiqligini ta’kidladi.

Fransiya rahbari Belarusdagi vaziyatni hal qilishda muhim vazifa Rossiyaga yuklatilishi kerak, degan fikrni bildirdi. "Rossiya Belarus bilan juda yaqin aloqalarga ega", deya ta’kidladi Makron.

U 14 sentyabr kuni Sochida Lukashenko va Vladimir Putin o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralarni esladi. 

"Men Rossiya sodir bo‘layotgan voqealarda o‘z rolini o‘ynashi kerakligini aytdim. Agar Rossiya Federatsiyasi Lukashenkoni saylovlarning haqiqiy natijalarini kuzatib borish zarurligiga undaganda, hammasi ijobiy bo‘lishi mumkin edi. Biroq, oradan 15 kunlar atrofida vaqt o‘tdi va bunga erishib bo‘lmadi", dedi Makron.

Dushanba kunidan boshlab, Makronning Litvaga tashrifi boshlanadi. Tashrif davomida u Vilnusda Belarus prezidentligiga nomzodini qo‘ygan Svetlana Tixanovskaya bilan uchrashishi mumkin. Bu tashrif dasturiga kiritilmagan, lekin Tixanovskaya shunday istak bildirsa, uchrashuv bo‘ladi. Shuningdek, ma’lumotlarga ko‘ra, Makronni Litvaga tashrifi davomida unga hamrohlik qiladigan Fransiya Tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drianning Belarus muxolifati yetakchisi bilan uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

145

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing