Fransiya klubi safidagi o‘zbekistonlik futbolchining qiymati oshdi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Fransiyaning “Lans” klubi himoyachisi Abduqodir Husanovning transfer narxi ko‘tarildi. Bu haqda “Transfermarkt” xabar berdi.

Futbolchining yangi qiymati 800 ming yevrodan 1,5 million yevroga ko‘tarildi. Shunday qilib, Husanov Osiyoda 20 yoshgacha bo‘lgan eng qimmat futbolchilar reytingida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Futbolchi bu borada faqatgina Avstraliyalik Chirsati va hamyurti Abbosbek Fayzullayevdan ortda qolmoqda.

Ta’kidlash joiz, hozirda Husanov 2004 yilda tug‘ilgan Osiyoning eng qimmat futbolchisi sanaladi.

Ma’lumot uchun, 19 yoshli Husanov joriy yil “Lans” tarkibida 6 ta o‘yinda maydonga tushdi. 

Eslatib o‘tamiz, 13 dekabr O‘zbekiston milliy terma jamoasining yana bir a’zosi Abbosbek Fayzullayevning ham transfer qiymati oshgandi. Hozirga kelib Fayzullayev O‘zbekistonning eng qimmat ikkinchi futbolchisi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Abduqodir Husanov Lans

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing