Fransiya Isroil tomon uchayotgan Eron dronlarini urib tushirdi

Olam

image

Fransiya Mudofaa vaziri Sebasten Lekornyu mamlakat Qurolli kuchlari tomonidan Isroil tomon uchayotgan o‘nlab Eron dronlari yo‘q qilinganini ma’lum qildi. Bu haqda u kecha, 25 iyun kuni Milliy Assambleyada qilgan chiqishida so‘z ochdi.

Lekornyuning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya Isroilning Eronga bergan zarbalarida qatnashmagan. Vazir mintaqadagi harbiy bazalar xavf ostida qolganda, Fransiya o‘zini qonuniy mudofaa qilish huquqi asosida harakat qilganini ta’kidlagan. 

Shuningdek, u Fransiyaning mintaqada joylashtirilgan havo mudofaasi tizimlari va Rafale qiruvchi samolyotlari tomonidan bir nechta Eron dronlari ushlab qolinganini aytgan. Ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasida bergan bayonotida esa bu dronlar Isroil tomonga qarab harakatlanayotganini qo‘shimcha qilgan.

Mudofaa vazirining qo‘shimcha qilishicha, Eron 12 kunlik urush davomida Isroil tomon 400 ga yaqin ballistik raketa va 1000 ta dron uchirgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Tehronni AQSHning Eron yadroviy inshootlariga bergan zarbasidan so‘ng vaziyatni pasaytirishga va muloqotga qaytishga chaqirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Isroil Sebast'en Lekornyu Eron dronlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing