Fransiya futboli afsonasi faoliyatini Amerikada davom ettirmoqchi

Sport

image

Tajribali hujumchi Olive Jiru shu yozda erkin agent sifatida “Milan”ni tark etishi mumkin. Bu haqda insayder Devid Ornshteyn o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

Manba ko‘ra, 37 yoshli forvard MLSning “Los-Anjeles” klubi bilan muzokaralar olib bormoqda. Tomonlar kelishuvga erishish va 2026 yil oxirigacha shartnoma imzolashga juda yaqin turibdi.

“Milan” Jiruning shu yilning iyun oyida tugaydigan shartnomasini uzaytirmoqchi, ammo futbolchi MLSga o‘tishga qaror qilgan.

Joriy mavsumda Jiru A Seriyada 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Ushbu mavsumdan boshlab Jiruning tengdoshi va vatandoshi, darvozabon Ugo Loris “Los-Anjeles” jamoasida to‘p surmoqda. Shuningdek, ushbu klubning qisqa tarixi davomida uning tarkibida Jorjio Kellini, Garet Beyl kabi afsonalar to‘p tepgan.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing