Yevropaning yana bir yirik davlati 30 ga yaqin rus diplomatini haydamoqchi
Olam
−
05 aprel 2022
8077Fransiya hukumati bir qator rossiyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qildi. Bu haqda kecha, 4 aprel kuni Fransiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Fransiya Tashqi ishlar vazirligi “quvilgan xodimlar Fransiyaning xavfsizlik manfaatlariga zid faoliyat bilan shug‘ullanganini” ta’kidlagan.
BFM telekanaliga ko‘ra, gap “30 ga yaqin rossiyalik diplomatlar” haqida ketmoqda.
Shu bilan birga, AFP agentligi respublika Tashqi ishlar vazirligidagi manbaga tayanib, Fransiya rossiyalik 35 nafar diplomatni haydashini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, choralar Fransiya “manfaatlariga zid” bo‘lgan diplomatlarga ta’sir qiladi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi allaqachon fransuz tomonining bu demarshiga javob berishini ma’lum qilgan.
Kecha, 4 aprel kuni Germaniya rasmiylari rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborish niyati borligini ma’lum qilgan edi. “Focus Online” portaliga ko‘ra, gap diplomatik missiyaning 40 nafar xodimi haqida ketmoqda.
LiveBarchasi