Fransiya ham Lavrovning Gitler haqidagi bayonotini qoralab chiqdi

Olam

image

Fransiya Tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning Adolf Gitlerda yahudiy qoni borligi haqidagi bayonotlarini qoraladi. Bu haqda Jan-Iv Le Drian Twitter sahifasida yozib qoldirgan.

“Janob Lavrov va uning vazirligining Ikkinchi jahon urushi vahshiyliklari yuzasidan tarixiy manipulyatsiyasi shunchaki jirkanchdir”, deydi vazir.

Shuningdek, Jan-Iv Le Drian Lavrov nomaqbul va qabih bayonotlarni qoralashini hamda Fransiya Rossiyaning Ukrainadagi urushi haqida tarqatayotgan dezinformatsiyaga qarshi kurashni davom ettirishini qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy yahudiy bo‘lsa, uni qanday qilib “millatchilik qilish”da ayblash mumkinligi haqidagi savolga javoban Adolf Gitlerda ham “yahudiy qoni bor edi”, deya javob bergandi. 

Isroil Tashqi ishlar vaziri Rossiya hukumatidan vazirning bu so‘zlari uchun Isroil va yahudiy xalqidan kechirim so‘rashni talab qildi. Rossiya TIV Lapidning bayonotlarini “tarixga qarshi” deb atagan. Ular tarixda yahudiylar va natsistlar o‘rtasidagi hamkorlik misollari bo‘lganini eslagan. 

Rossiya TIV Vladimir Zelenskiy 2020 yilda imzolagan “Ukrainada antisemitizmning oldini olish va unga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun mavjudligiga qaramay, uning qoidalariga amal qilinmaydi, deb hisoblamoqda.

Zelenskiy, o‘z navbatida, Lavrovning so‘zlarini “antisemitik hujum” deb atagan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

111

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing