Fotoreportaj: Rossiyada muxolifat vakili Nemsov o‘ldirilganiga 6 yil to‘ldi
Olam
−
27 fevral 2021
4001Rossiyaning muxolifatdagi siyosatchisi Boris Nemsov 2015 yil 27 fevral kuni Bolshoy Moskvoretskiy ko‘prigida o‘ldirilgandi. Ichki qo‘shinlarning “Sever” Checheniston batalonining sobiq harbiy xizmatchisi Zaur Dadayev uning qotilligida aybdor, deb topildi. Sud uni 20 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Yana bir necha sudlanuvchilar 11 yildan 19 yilgacha bo‘lgan qamoq jazosiga hukm qilindi. Dadayev faqat jinoyatni sodir etgan, deya tan olingan. Qotillikni buyurgan shaxs esa hali topilmagan. Siyosatchi xotirasini sharaflash uchun o‘nlab odamlar, shu jumladan G‘arb davlatlarining elchilari keldi. Aksiya tafsilotlari – QALAMPIR.UZ fotoreportajida.
Yevropa Ittifoqining elchisi Markus Ederer.
Amerika Qo‘shma Shtatlarining elchisi Jon Sallivan.
“Yabloko” partiyasining asoschisi Grigoriy Yavlinskiy.
“Xalq ozodligi partiyasi” siyosiy partiyasining raisi Mixail Kasyanov.
Buyuk Britaniya elchisi Debora Bronnert.
Latviya Elchisi Maris Riyekstinsh.
“Yabloko” partiyasining raisi Nikolay Ribakov (chapda).
Ilya Yashin, Krasnoselskiy munitsipal okrugi deputatlar kengashining raisi.
Moskvaning Timiryazevskiy tumanidan munitsipal Yuliya Galyamina.
LiveBarchasi