COVID-19 o‘lim darajasi bo‘yicha boshqa viruslar bilan taqqoslandi

Salomatlik

image
Koronavirusdan sog‘ayganlar keyinchalik ham kasallikni boshqalarga yuqtirishi mumkinmi? north_east

Koronavirusdan sog‘ayganlar keyinchalik ham kasallikni boshqalarga yuqtirishi mumkinmi?

Sankt-Peterburgdagi Paster nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-ishlab chiqarish instituti direktori o‘rinbosari Aleksandr Semyonov atipik pnevmoniya o‘lim darajasi bo‘yicha koronavirusdan yomon ekanini ma’lum qildi. U Noila Asqarzodaning “Xavfli virus” filmida shu haqda fikr bildirgan.

“O‘lim darajasi bo‘yicha Yaqin sharq respirator sindromi virusi (MERS) va g‘ayrioddiy zotiljam virusi (SARS) hozirgi COVID-19 dan ancha xavfliroq”, degan Semyonov.

Shu bilan birga, Semyonov koronavirus pandemiyasi nihoyasiga yetmaginini va yakuniy xulosani keyinroq berish mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Ma’lumot uchun, 2002 yildagi atipik pnevmoniya SARS`dan 8096 nafar odam kasallangan, shulardan 774 nafari (o‘lim darajasi 9,6 foiz) halok bo‘lgan. 2012 yilda tarqalgan Yaqin Sharq respirator sindromi MERS-CoV virusidan 2494 nafar odam kasallanib, ularning 858 (o‘lim darajasi 34,4 foiz) nafari qurbon bo‘lgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 1 159 515 nafarga yetdi. Ularning 237 436 nafari kasallikdan forig‘ bo‘lgan va 62376 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

781

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing