Sirdaryoda toshqin sabab evakuatsiya qilingan 71 ming odam uyiga qaytdi

Jamiyat

image
Sardobadagi toshqinda suv ostida qolgan birinchi mahalladan reportaj (foto+video) north_east

Sardobadagi toshqinda suv ostida qolgan birinchi mahalladan reportaj (foto+video)

1 may “Sardoba” suv ombori to‘g‘oni yorilishi natijasida yuzaga kelgan toshqin natijasida 100 mingga yaqin aholi evakuatsiya qilindi. Ularning anchaginasi esa hozir uysiz qolgan. Toshqin pasqam uylarni oqizib ketgan. Shunga qaramay ofat yuz berganidan bir hafta o‘tib, evakuatsiya qilingan odamlarning 70 mingdan ortig‘i o‘z uyiga qaytdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida toshqin oqibatida zarar ko‘rgan uylar, ijtimoiy binolar yana qayta tiklanmoqda. Yashash uchun yaroqsiz uylar buzilib, joylarda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini tiklash choralari ko‘rilmoqda.

Ushbu hududlarda Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Mudofaa vazirliklari, Milliy gvardiya hamda Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining kuch va vositalari tomonidan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Mazkur tadbirlar Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan muvofiqlashtirilmoqda.

Muhimi, 71 307 nafar aholi Oqoltin, Mirzabod va Sardoba tumanidagi xonadonlariga qaytib keldi.

Shuningdek, Milliy gvardiya xodimlari tomonidan 343 vayron bo‘lgan uylarda tozalash ishlari olib borilgan bo‘lsa, Prokuratura vakillari 6107 ta kadastr hujjatlaridan 3338 tasi qayta tiklashga erishdilar. Bundan tashqari, yo‘qolgan 3 517 pasportdan 482 ta, 61 ta haydovchilik guvohnomadan 11 tasi qayta tiklandi.

Umumiy maydoni 1 213 796 kvadrat metr bo‘lgan 1604 ob’ektda Mudofaa vazirligining 8 ta maxsus bo‘linmasi tomonidan dezinfeksiya ishlari olib borildi.

Bu kabi tadbirlar, qo‘shni Qozog‘isg‘on Respublikasida ham olib borilmoqda. Jumladan, Turkiston viloyati Jettisoy va Maqtaaral tumanlarining toshqindan zarar ko‘rgan hududlarida 70 000 dan ortiq kub metr suv tortib chiqarildi. Shu bilan birga 6500 metr uzunlikda kollektr qazish va tozalash ishlari amalga oshirildi. Tadbir davomida 11 000 kub metr chiqindilar olib tashlandi. Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom etmoqda


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo suv ombori

Baholaganlar

189

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar