Poytaxt hokimligi ishchilarga soat 15:30 dan keyin uyga ruxsat berilishini tavsiya qilmoqda
Jamiyat
−
25 yanvar 2022
4463Xabaringiz bor, bugun, 25 yanvar kuni Toshkent shahri va butun respublika bo‘ylab elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi. Shu sabab, metropoliten o‘z faoliyatini to‘xtatdi, shuningdek, shahar ko‘chalaridagi svetoforlar ishida nosozliklar kuzatilmoqda. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar hokimligi korxona, tashkilot va muassasalarning rahbarlariga murojaat bilan chiqdi.
Murojaatda bir vaqtning o‘zida katta tirbandlikning oldini olish maqsadida, korxonalarda faoliyat yuritayotgan xodimlarga 15:30 dan keyin jadval asosida javob berish tavsiya qilingan.
Qayd etilishicha, ayni vaqtda nosozliklarni bartaraf etishga barcha kuchlar safarbar etilgan. Poytaxt hokimligi huzuridagi Vaziyatlar markazida tunu-kun ishlaydigan maxsus tezkor shtab faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, biroz avval “Toshshahartransxizmat” AJ “Buyuk Ipak Yo‘li” va “Olmazor" yo‘nalishlari bo‘yicha metropolitenning barcha stansiyalarida to‘xtab o‘tish asosida yo‘lovchilarga transport xizmatlari ko‘rsatadigan MAN RR3 (sayyohlik) rusumli avtobuslari ajratilganini xabar qilgandi.
LiveBarchasi