“Forbes” Rossiyaning TOP-10 boyvachchasini e’lon qildi. Ro‘yxatda Usmonov va Durov bormi?
Olam
−
22 aprel 2021
12072“Forbes” nashri e’lon qilgan Rossiyaning TOP-10 eng boy insonlari ro‘yxatida Alisher Usmonov 7-o‘rinni egalladi. Uning moliyaviy holati 18,5 milliard AQSH dollariga baholangan.
Telegram ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Pavel Durov esa ushbu reytingning 9-pog‘onasida qayd etilgan. Axborot texnologiyalari sohasida dunyoning ko‘zga ko‘ringan tadbirkorlaridan biri bo‘lgan Durovning boyligi 17,2 milliard AQSH dollariga yetgan.
Qayd etilishicha, “Severstali” kompaniyasi egasi Aleksey Mordashov Rossiyaning eng boy insoni deb topilgan. Reytingning eng yuqori pog‘onasidan joy olgan Mordashov boyligi “Forbes” tomonidan 29,1 milliard AQSH dollariga baholangan. Atiga bir yil avval u 16,8 milliard AQSH dollarlik moliyaviy holat bilan ushbu ro‘yxatning to‘rtinchi pog‘onasida qayd etilgan edi.
2021 yil holatiga ko‘ra, Rossiyaning TOP-10 eng boy insonlari reytingi quyidagi ko‘rinishda:
LiveBarchasi