“Forbes” eng boy marhumlar reytingini e’lon qildi
Olam
−
13 noyabr 2020
10705“Forbes” jurnali vafotidan keyin ham merosi daromad keltirayotgan mashhurlar reytingini e’lon qildi. Birinchi o‘rinni yana bir bor Maykl Jekson egalladi. 2005 yilda vafot etgan qo‘shiqchining ijod huquqi uning merosxo‘rlariga 48 mln dollar foyda keltirdi.
Ikkinchi o‘rinda bolalar yozuvchisi Doktor Syuz (asl ismi Teodor Zoys Gayzel) egalladi. U 1991 yilda vafot etgan. Yozuvchi kitoblarining mualliflik huquqi egalari 33 mln dollar foyda ko‘rgan.
Eng boy marhumlar reytingida kuchli uchlikni rassom Charlz Shuls egalladi. U 2000 yilda vafot etgan. Rassom Snupi iti va uning do‘stlari asarini yaratgan. Uning vafotidan keyingi yillik daromadi 32,5 mln dollarni tashkil qilyapti.
Ro‘yxatga ilk bor basketbolchi Kobi Brayant ham kirdi. U 2020 yil yanvarda vertolyot halokatida qurbon bo‘lgan. Sportchi reytingda 6-o‘rinni band qilgan.
Nike kompaniyasining sportchi imzosi tushirilgan kolleksiyasi va Brayant tarjimai holining qo‘shimcha chop etilgan nashrlari uning merosxo‘rlariga 20 mln dollar foyda keltirgan.
LiveBarchasi