“Forbes” dunyoning eng yosh milliarderlari reytingini e’lon qildi
Olam
−
10 aprel 2022
20632“Forbes” jurnali dunyodagi eng yosh milliarderlarning 2022 yildagi daromadlarini e’lon qildi. Ularning umumiy boyligi 25,8 milliard dollarni tashkil qiladi.
30 yoshgacha bo‘lgan milliarderlar reytingiga 12 kishi kirgan, ulardan to‘rt nafari mustaqil ravishda boylik orttirgan yangi ish boshlaganlar.
Shunday qilib, ro‘yxatda birinchilikni Sem Benkmen-Frid bilan birgalikda FTX kriptovalyuta birjasiga asos solgan 29 yoshli amerikalik Geri Van (5,9 milliard dollar) egallagan. Birja 2019 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda, uning bir kunlik operatsiyalari hajmi 15 milliard dollarga yetishi mumkin.
Ikkinchi o‘rinda 27 yoshli Rayan Breslou Stenford universitetini tashlab, Bolt onlayn to‘lov xizmatiga asos solgan. Uning boyligi 2 milliard dollarga baholangan.
Uchinchi o‘rinda har biri 1,5 milliard dollarlik boylik bilan Pedro Francheski va Enrike Duburgas. Ular Brex kredit karta startapini ishga tushirgan, hozirda uning qiymati 12,3 milliard dollarga baholanmoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 12 nafar milliarderdan 5 nafari o‘z boyliklarini meros qilib olgan, yetti nafari esa o‘z biznesini rivojlantirgan.
Ma’lumki, o‘tgan yilgi 30 yoshgacha bo‘lgan milliarderlar reytingida 10 kishi bor edi. Biroq ularning umumiy boyligi 2022 yildagi reytingdagilar holatidan 3,7 milliardga ko‘p bo‘lgan. Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask “Forbes” talqini bo‘yicha birinchi marta dunyoning eng boy odamlari reytingida birinchi o‘rinni egallagan.
Avvalroq, “Forbes” jurnali dunyodagi eng boy ayollar ro‘yxatini e’lon qilgandi. Unda 327 nafar millarder xonimlar joy olgan.
LiveBarchasi