“Forbes” Amerikaning eng serdaromad basketbolchilari reytingini e’lon qildi
Sport
−
01 fevral 2021
3546AQSHning professional basketbol klubi “Leykers” safida harakat qiluvchi Lebron Jeyms “Forbes” talqiniga ko‘ra, NBA (Milliy basketbol assotsiatsiyasi) ning eng ko‘p maosh oluvchi basketbolchilar reytingida 1-o‘rinni egalladi.
Lebron shu tariqa qatorasiga 7 yildan beri ushbu reytingda karvonboshilik qilib kelyapti.
Ma’lum bo‘lishicha, NBA’ning to‘rt karra chempioni bo‘lgan Lebron 2020/2021 yilgi mavsumda 95,4 million dollar miqdorida daromad qilgan. Bu – sportchining faoliyatidagi rekord summa.
Ushbu summaning 31,4 millioni klubdagi maoshi bo‘lsa, qolgan 64 milliondan oshig‘i reklama va boshqa turdagi loyihalardan kelgan.
NBA’ning 2020/2021 yilgi mavsumda eng yuqori maosh oluvchi basketbolchilar ro‘yxati quyidagi ko‘rinishda:
1. Lebron Djeyms (“Leykers”) – 95,4 million dollar;
2. Stiven Karri (“Golden Steyt”) – 74,4;
3. Kevin Durent (“Bruklin”) – 65,2;
4. Rassel Uestbruk (“Vashington”) – 58,1;
5. Djeyms Xarden (“Bruklin”) – 50;
6. Yannis Adetokumbo (“Miluoki”) – 49;
7. Kley Tompson (“Golden Steyt”) – 43,3;
8. Keyri Irving (“Bruklin”) – 43”
9. Kris Pol (“Feniks”) – 40,1”
10. Demian Lillard (“Portlend”) – 39.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar