Fon der Lyayen yana Kiyevda: U Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi masalasini gaplashmoqchi
Olam
−
04 noyabr 2023 4300 1 daqiqa
Bugun, 4 noyabr kuni Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Kiyevga bordi va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
“Urush paytida Kiyevga oltinchi marta rasmiy tashrif bilan kelganimdan xursandman. Biz bu yerda Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishini muhokama qilamiz”, deb yozgan fon der Lyayen.
Qayd etilishicha, Yevrokomissiya rahbari Ukraina rahbariyati bilan mamlakatga YeIdan moliyaviy hamda harbiy yordam ko‘rsatish masalasini ham muhokama qiladi.
Polshadan Ukrainaga kelgan Ursula fon der Lyayen Vladimir Zelenskiy bilan birgalikda Ukraina temiryo‘llari xodimlarini taqdirlash marosimida ham ishtirok etgan.
Manbalarga ko‘ra, Yevrokomissiya rahbari Ukraina Oliy Radasida nutq so‘zlashi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Ukraina Yevropa Ittifoqiga nomzod maqomini 2022 yilning iyunida olgan.
Live
Barchasi