Florida fojiasi: 7 yoshli qizning jasadi topildi 

Olam

image

Florida shtatida (AQSH) turar joy binosi qulashi natijasida halok bo‘lganlar soni 22 kishiga yetdi, 126 kishi hanuzgacha topilmagan. Bu haqda BBC News deb xabar bermoqda.  

Agentlikning rasmiylarga iqtibos keltirishicha, qutqaruv xizmatlari bino ostidan o‘t o‘chiruvchining 7 yoshli qizining jasadini topgan. Bu 12 qavatli bino qulashi oqibatida vafot etgan uchinchi bola. 

Ta’kidlanishicha, bino yiqilganiga 9 kun bo‘lgani, noqulay ob-havo sharoitiga qaramay, qutqaruv guruhlari tirik qolganlarni qidirishni davom etmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, bino qulashi natijasida bedarak yo‘qolgan fuqarolarning ba’zi qarindoshlari voqea joyiga kelgan AQSH Prezidenti Jo Baydendan shaharni tark etishini talab qilishgandi.  

Ma’lumot o‘rnida, 24 iyun kuni AQSHning Florida shtatining Sarfsayd shahrida 12 qavatli turar-joy binosi qulab tushdi. Hodisada ko‘p qavatli binoning yarmi to‘liq, ikkinchisi qisman qulagan. AQSH Prezidenti Jo Bayden ushbu vaziyat yuzasidan favqulodda holat e’lon qildi. Davlat rahbari shtatga federal yordam ko‘rsatishni buyurdi. Shuningdek, u Favqulodda vaziyatlarni boshqarish federal agentligiga zarur favqulodda choralarni amalga oshirishda yordam berishga hamda favqulodda vaziyat oqibatlarini yumshatish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va resurslarni o‘z xohishiga ko‘ra safarbar etishga vakolat berdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh bino

Baholaganlar

153

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing