Flik “Barselona” bilan shartnomani uzaytiradi – OAV
Sport
−
17:22 427 1 daqiqa
“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Kataloniya klubi bilan shartnomasini 2028 yilgacha uzaytiradi. Bu haqda “Sport” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, germaniyalik mutaxassis yangi shartnoma imzolashga rozi bo‘lgan. Biroq, rasmiy e’lon “Barselona” prezidentlik saylovlari natijalari e’lon qilinmaguncha kechiktiriladi. Bu qaror Joan Laportaning saylovdagi g‘alabasini mustahkamlash maqsadida qabul qilingani aytilmoqda.
Qayd etilishicha, Flik klubdagi faoliyatidan mamnun va ayniqsa yosh futbolchilarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotganini yuqori baholamoqda. Murabbiyning asosiy maqsadi – o‘zi shakllantirmoqchi bo‘lgan avlod bilan Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishdir.
Ma’lumot uchun, Ispaniya chempionatining 28-turidan so‘ng “Barselona” 70 ochko to‘plab, turnir jadvalida “Real”dan to‘rt ochko oldinda bormoqda va peshqadamlik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 15 mart kuni “Barselona” klubi prezidentlik saylovida Joan Laporta yana “Barselona” prezidenti etib saylandi.
Live
Barchasi