Flik “Atletiko”ga qarshi o‘yin uchun “taktik inqilob” tayyorlamoqda – OAV

Sport

image

“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik “Atletiko Madrid”ga qarshi Ispaniya kubogi yarim finalining javob uchrashuvi oldidan ulkan taktik inqilob tayyorlamoqda. Bu haqda “The Touchline” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Barselona” jamoasi hujumga ko‘proq e’tibor qaratsa, to‘rt gollik farqni yo‘qqa chiqarishi mumkinligiga ishonch bildirilmoqda. Jumladan, hujum chizig‘ida Robert Levandovski, Markus Reshford, Rafinya va Lamin Yamal bir vaqtning o‘zida maydonga tushishi mumkin.

Ispaniya Kubogi yarim finalining ilk uchrashuvida kataloniyaliklar 0:4 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi. Flik shogirdlari birinchi bo‘limning o‘zidayoq to‘rtta gol o‘tkazib yuborgandi. Bu muvaffaqiyatsizlik nemis mutaxassisi uchun murabbiylik faoliyatidagi eng yirik hisobdagi mag‘lubiyat bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, ushbu jamoalar o‘rtasidagi Ispaniya kubogi yarim finalining javob uchrashuvi joriy yilning 3 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Kataloniyaliklar musobaqaning amaldagi chempioni hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

“Barselona” “Atletiko Madrid” Flik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing