Fleshka va xardlardan voz kechamizmi? Yangi texnologiya yaratilmoqda
Texnologiya
−
15 dekabr 2022
13801Catalog Technologies kompaniyasi DNKga asoslangan axborotni saqlash tizimlarini ishlab chiqarishda tarixiy yutuqqa erishdi. Bu haqda “3dnews” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, kompaniya DNKga shifrlangan ma’lumotlarni parallel tarzda tez qidirish usulini yaratgan. Ma’lumki, DNK bilan ishlash ko‘p vaqt talab qiladi, ammo Catalog Technologies bu jarayonni tezlashtirish yo‘lini topdi. Kelajakda bu zamonaviy analoglardan bir necha barobar ustun bo‘lgan axborot tashuvchilarning paydo bo‘lishiga olib kelishi prognoz qilinmoqda.
DNKga qanday qilib ma’lumot yozsa bo‘ladi?
Catalog Technologies kompaniyasi sintetik aminokislotalar yordamida ma’lumotlarni yozish va o‘qish tizimini yaratish ustida ishlamoqda. Takidlanishicha, bunday tizimlar ma’lumotlarni kodlash razryadini ikki, uch yoki undan ham ko‘proq marta oshirishi mumkin. Bu degani kelajakda hozirgi qattiq disk va fleshkalar o‘rnini DNKga asoslangan axborot tashuvchilari egallashini bildiradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bir gramm DNK eritmasida 200 Petabaytgacha (1 petabayt=1024 terabayt) ma’lumot saqlanishi mumkin bo‘ladi.
Hozirda Catalog Technologies loyihani amalga oshirish uchun tajribalar o‘tkazmoqda. Masalan, oxirgi tajribada Shannon tizimi yordamida bir necha daqiqada Shekspirning “Gamlet” asarining 17 000 so‘zli qismi DNKga shifrlandi. Keyin ushbu saqlangan ma’lumotlar bo‘yicha kalit so‘zlarni qidirish amalga oshirildi va bu ham muvofaqqiyatli yakunlandi.
“Ushbu tarixiy va o‘zgaruvchan yutuq DNK asosidagi hisoblashni haqiqatga aylantirishga yordam bergan hamkorlarimiz bilan ko‘p yillik ishlarimizga asoslangan”, deydi kompaniya asoschisi va bosh direktori Xyunjun Park.
Ma’lumot o‘rnida, Catalog Technologies 2023 yilning o‘rtalariga qadar 100 milliondan ortiq so‘zni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar to‘plamida ushbu tajribani namoyish sinab ko‘rmoqchiligini e’lon qilgan.
Alibek Beyjanov
LiveBarchasi