Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti kvant mexanikasi tadqiqoti uchun berildi

Olam

image

Fizika bo‘yicha 2022 yilgi Nobel mukofoti Alen Aspe, Jon Klauzer va Anton Saylingerga berildi. Bu haqda bugun, 4 oktyabr kuni Nobel qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qo‘mita fizika bo‘yicha 2022 yilgi mukofot sovrindorlarini e’lon qildi. Fizika yo‘nalishi bo‘yicha mukofot Parij-Sakle universiteti akademigi Alen Aspe, Berklidagi Kaliforniya universiteti doktori Jon Klauzer hamda Massachusets texnologiya instituti akademigi Anton Saylingerga berildi.

Ular kvant mexanikasi bo‘yicha tadqiqotlari uchun Nobel mukofotini olishadi.

Ma’lumot o‘rnida, 2021 yilda fizika bo‘yicha Nobel mukofoti Prinston universitetidan yapon-amerikalik olim Shukuro Manabe va Maks Plank nomidagi meteorologiya instituti xodimi germaniyalik Klaus Xasselmanga Yer iqlimini fizik modellashtirish, o‘zgaruvchanlikni baholash va global isishni ishonchli bashorat qilish uchun berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 3 oktyabr kuni 2022 yilgi fiziologiya yoki tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti shved biologi Svante Peaboga topshirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

47

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing