Fiji AQSHning rossiyalik milliarderga qarshi talabini qanoatlantirdi

Olam

image

Fiji orollari sudi AQSHning rossiyalik milliarder Sulaymon Kerimovga tegishli bo‘lgan “Amadea” superyaxtasini musodara qilish haqidagi so‘rovini qanoatlantirgani haqida Fiji Bosh prokuraturasi xabar berdi. Bu haqda “RIA Novosti” ma’lum qilmoqda. 

Aprel oyida AQSHning yaxtani musodara qilish haqidagi so‘rovi bo‘yicha qaror 3 may, seshanba kuni qabul qilinishi kutilayotgani xabar qilingan edi.

Suva Oliy sudi bugun, 3 may kuni soat 15:00 da Bosh prokurorning o‘tgan oy AQSHning yaxtani musodara qilish to‘g‘risidagi so‘rovini ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi iltimosnomasidan so‘ng “Amadea” superyaxtasini musodara qilish to‘g‘risida qaror chiqargan.

Yaxta avvalroq Meksikaning Manzanillo shahridan yetib kelganidan so‘ng Fijida ushlab turilgani hamda AQSH Rossiyaga qarshi sanksiya munosabati bilan kemani musodara qilishni talab qilgani aytilgandi.

Germaniyaning Lyurssen kemasozlik zavodida qurilgan ushbu superyaxtaning narxi 325 mln dollarga baholanadi.

 

Kamronbey Kenjayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

128

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing