Shifokor qo‘l ostidagi 33 nafar hamshira va farroshlar nomiga kredit rasmiylashtirgani ma’lum bo‘ldi

3-sahifa

image

Jizzax viloyatida katta hamshira qo‘l ostidagi 33 nafar farrosh va hamshiralar nomiga bankdan kredit olgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, G‘allaorol tumani tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limi katta hamshirasi 2017–2020 yillar ichida o‘zi rahbarlik qiladigan bo‘limda ishlovchi 33 nafar hamshira va farroshlarga olayotgan maoshidan unumli foydalanish kerakligini aytib, ularning nomiga 695 million 140 ming so‘m kredit mablag‘i rasmiylashtirgan.

Ma’lum qilinishicha, ayol 33 nafar xodimlardan kreditlarda kafil sifatida ishtirok etishni, taklifga rozi bo‘lsa, navbatchilik kunlariga qo‘shimcha maosh berishini, bayram kunlari rag‘batlar chiqarib berishini va’da qilgan.

Bundan tashqari, kredit to‘lovlarini shaxsan o‘zi to‘lashini, hech qanday muammo bo‘lmasligini va imzo qo‘yib bersa, shuning o‘zi yetishini aytgan.

Ta’kidlanishicha, keyinchalik shifokor qolgan kredit mablag‘ini to‘lamasligini bildirgan. Oqibatda qarzdorlik sud va majburiy ijro orqali jabrlanuvchilardan undirilib, oylik daromadidan ushlab qolingan.

Ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

662

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing