Finlyandiyada 7 ta gol muallifi o‘yindan so‘ng hibsga olindi
Sport
−
11 Oktabr 2025 12660 1 daqiqa
Joriy yilning 5 oktyabr kuni braziliyalik futbolchi, Finlyandiya chempionatining beshinchi divizionidagi “Finnkurd” klubi a’zosi Jonatan Gerreyro “Espa/Renat” jamoasiga qarshi o‘yin tugaganidan so‘ng kelishilgan o‘yinda ishtirok etganlik va uni tashkil qilganlikda gumonlanib, Finlyandiya politsiyasi tomonidan hibsga olindi. Bu haqda “Globo” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, yakuniy hushtakdan so‘ng darhol maydondan chiqish yo‘llarining barchasi to‘sib qo‘yilgan va fuqarolik kiyimida bo‘lgan mahalliy politsiyaning qariyb yigirma xodimi maydonga chiqqan. “Finnkurd” futbolchilari hujjatlarini tekshirish uchun zaxira o‘rindig‘iga o‘tirishga majbur qilingan, raqib jamoa o‘yinchilariga esa maydondan chiqishga ruxsat berilgan.
Oqibatda Gerreyro va yana ikki braziliyalik futbolchi hibsga olingan, biroq ularning telefonlari tekshirilgach, ikki futbolchi ozod etilgan. Gerreyro “Finnkurd” jamoasida 2024 yil may oyidan beri o‘ynab keladi. 2022-2023 yillarda u Finlyandiyaning “Peymari Yunayted” klubi tarkibida ham to‘p surgan.
“Finnkurd” – “Espa/Renat” uchrashuvi 8:1 hisobi bilan yakunlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiya suzish federatsiyasi (FIN) ikki suzuvchi Benedetta Pilato va Chiara Tarantinoni 90 kunga diskvalifikatsiya qilgani haqida xabar berilgan edi. Sportchilar Singapurda kosmetik mahsulotlar o‘g‘irlagani uchun sportdan vaqtincha chetlatilgandi.
Live
Barchasi