Italiyalik sportchilar o‘g‘rilik uchun diskvalifikatsiya qilindi

Sport

image

Kecha, 9 oktyabr kuni Italiya suzish federatsiyasi (FIN) ikki suzuvchi Benedetta Pilato va Chiara Tarantinoni 90 kunga diskvalifikatsiya qildi. Sportchilar Singapurda kosmetik mahsulotlar o‘g‘irlagani uchun sportdan vaqtincha chetlatildi. Bu haqda “Rai news” nashri xabar berdi.

Federatsiya bayonotida aytilishicha, sportchilar joriy yilning 14 avgust kuni Singapur aeroportida kosmetik mahsulotlar o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq ish bo‘yicha o‘z ayblarini tan olganidan so‘ng, tergov yakunlanib, ish rasmiy ravishda yopilgan.

Italiya suzish federatsiyasi ushbu qarorni Italiya milliy olimpiya qo‘mitasi va Bosh prokurorining roziligi bilan, tomonlar taqdim etgan kelishuv so‘roviga binoan qabul qilgan. Tergov davomida aniqlangan holatlar inobatga olinib, ikkala sportchining ijtimoiy va federal faoliyatini 90 kunga to‘xtatish sanksiyasi kuchga kiritildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Pilato va Tarantino 14 avgust kuni jahon chempionatidan keyin ta’tildan qaytayotganida Singapur aeroportida o‘g‘irlikda gumonlanib to‘xtatilgan, biroq Italiya elchixonasining aralashuvi natijasida ozod qilingan. Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, kuzatuv kamerasida ulardan birini do‘kondan o‘g‘irlangan narsalarni sumkaga solayotgan videolar qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, diskvalifikatsiya tufayli Benedetta Pilato va Chiara Tarantino joriy yilning 2-7 dekabr kunlari Polmshada bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionatida ishtirok eta olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Biatlon bo‘yicha 10 karra jahon chempioni – fransiyalik sportchi Jyulya Simon firibgarlik va o‘g‘rilikda ayblanayotganligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Italiya o'g'irlik FIN

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing