Finlyandiya rossiyalik sayyohlar uchun chegarani yopadi
Olam
−
29 Sentabr 2022
2243Finlyandiya ertaga, 30 sentyabr kuni rossiyalik sayyohlar uchun chegarani yopishi mumkin. Bu haqda “Xelsingin Sanomat” gazetasi xabar berdi.
Finlyandiya hukumati bugun, 29 sentyabr kuni yangi chegara rejimining tafsilotlari bo‘yicha qaror qabul qiladi.
Qayd etilishicha, yangi chora-tadbirlar joriy etilgandan so‘ng, mamlakatga kiruvchi Rossiya fuqarolari soni ikki barobarga qisqaradi. Cheklovlar faqat sayyohlar uchun amal qiladi. Rossiyaliklarning respublikaga oilaviy sabablarga ko‘ra, o‘qish yoki ishlash uchun kirish imkoniyati saqlanib qoladi. Har bir holat individual asosda ko‘rib chiqiladi.
Nashrning yozishicha, kirishga ruxsat berilmagan sayyohning pasportiga tegishli yozuv qo‘yiladi va viza ham bekor qilinadi.
Ma’lumot uchun, dam olish kunlari Finlyandiya chegarasini deyarli 17 000 rossiyalik kesib o‘tgan, bu bir hafta oldingiga nisbatan 80 foizga ko‘p. Bojxona ma’lumotlariga ko‘ra, 14–18 sentyabr kunlari Finlyandiya yo‘nalishi bo‘yicha chegarani 7,7 mingta avtomobil kesib o‘tgan, avtomobillar oqimi deyarli ikki baravar ko‘paygan.
Farangiz Salimova
LiveBarchasi