Finlandiyada Rossiya va Ukraina YAIM ko‘rsatkichi tushgani taqqoslandi

Olam

image

Ukraina yalpi ichki mahsuloti 40 foizga kamaydi, Rossiya iqtisodiyotidagi pasayish esa ushbu ko‘rsatkichdan o‘n baravar kam. Bu haqda Finlandiyaning Xelsinki universiteti qoshidagi Aleksandr instituti ilmiy xodimi, dotsent Ilmari Kyaixke “Ilta-Sanomat” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalar Rossiyaga zarar yetkazishi va uning jangovar qobiliyatiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan alomatlar yo‘q.

“Agar Ukrainada yalpi ichki mahsulot bu yil 40 foizga kamaygan bo‘lsa, Rossiyada hali bu ko‘rsatkich to‘rt foiz ekani haqida gapiryapmiz”, dedi tahlilchi.

Avvalroq Xalqaro valyuta jamg‘armasi Rossiya iqtisodiyoti sanksiyalar zarbasidan keyin 2022 yilning ikkinchi choragida barqarorlashgani haqida xabar bergan edi. Jamg‘arma hisobotida qayd etilishicha, Rossiya yalpi ichki mahsuloti endi 3,4 foizga qisqarishi kutilmoqda, bu avval kutilgan pasayishning yarmini tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing