Filippinda tayfun oqibatida 66 kishi halok bo‘ldi (video)
Olam
−
05 noyabr 1639 1 daqiqa
Filippinda sodir bo‘lgan “Kalmaegi” tayfuni oqibatida kamida 66 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilishicha, tabiiy ofat Filippinning markaziy qismiga va Palavan orolining ayrim hududlariga zarba bergan, so‘ngra Janubiy Xitoy dengizi tomon yo‘nalgan. Halok bo‘lganlar orasida gumanitar missiya vaqtida Mindanao orolining Agusan-del-Sur hududida halokatga uchragan vertolyotdagi olti nafar harbiy ham bo‘lgan. Filippindagi Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish agentligi yana 13 kishi bedarak yo‘qolganini ma’lum qilgan.
Filippin davlat meteorologiya xizmatining so‘nggi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 4 noyabr kuni ertalab “Kalmaegi” tayfuni quruqlikka chiqqach, kuchsizlangan. Janubiy Xitoy dengizi ustida yana kuchayishi kutilayotgani haqida ogohlantirilgan. “Kalmaegi” tayfuni bu yil Filippinlarda ro‘y bergan 20-tropik siklon bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Indoneziyaning sharqiy Papua mintaqasida kuchli yomg‘irdan keyin sodir bo‘lgan suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘lgan edi.
Mohichehra Qadamova
Live
Barchasi