Filippinda suv toshqinlari oqibatida 72 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
29 Oktabr 2022
3253Filippindagi “Nalgaye” tropik bo‘roni mamlakat janubiy provinsiyalarida suv toshqiniga sabab bo‘ldi. Oqibatda 72 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” agentligi Tabiiy ofatlarni kamaytirish va boshqarish milliy kengashiga tayanib, xabar berdi.
Qayd etilishicha, suv toshqinlari oqibatida 72 kishi halok bo‘lgan, 33 kishi jarohatlangan, 14 kishi esa bedarak yo‘qolgan.
“Rasmiylar bo‘ron xavfi tufayli minglab odamlarni evakuatsiya qilishdi, uning kelishiga hozirlik ko‘rishdi, biroq yomg‘ir miqdori kutilganidan ko‘p bo‘ldi”, deydi Bangsamoro muxtor viloyati Ichki ishlar vaziri Nagiib Sinarimbo.
Uning qo‘shimcha qilishicha, faqatgina Datu-Odin shahrining o‘zida 80 ga yaqin odam ko‘chki ostida qolishi mumkin.
Hozirda qutqaruv ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi