Filippinda saylov: sobiq diktatorning o‘g‘li Prezident bo‘lishi mumkin
Olam
−
10 may 2022
4215Filippinda kecha, 9 may kuni Prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. 1986 yilda hokimiyatdan chetlatilgan marhum sobiq diktator Ferdinand Markosning o‘g‘li va adashi saylovda ishonchli g‘alaba qozondi. Buni saylov komissiyasining bugun, 10 may kuni ertalab e’lon qilingan saylov byulletenlarining 90 foizdan ortig‘ini sanab chiqish natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlari tasdiqlaydi.
64 yoshli kichik Ferdinand Markos deyarli 30 million ovoz olgan, bu uning eng yaqin raqibi, mamlakat vitse-prezidenti Leni Robredoga berilgan ovozdan ikki baravar ko‘p.
Yakuniy natijalar bir necha hafta ichida e’lon qilinishi kutilmoqda. Kichik Ferdinand Markosning g‘alabasi Markos urug‘ining quvg‘inga surgun qilinganidan 36 yil o‘tib hokimiyatga qaytishini anglatadi.
Amaldagi Prezident Rodrigo Dutertening olti yillik avtoritar rejimidan so‘ng, inson huquqlari faollari, katolik cherkovlar vakillari va siyosiy tahlilchilar kichik Markos yanada avtokratik rahbar bo‘lishidan qo‘rqmoqda. Ko‘plab mojaroli xatti-harakatlari va bayonotlari bilan tanilgan Duterte o‘tgan yilning oktyabr oyida siyosatdan ketishini e’lon qilgan.
LiveBarchasi