Filippin Prezidenti karantin qoidasini buzganlarni otishga buyruq berdi

Olam

image

Filippin Prezidenti Rodrigo Duterte politsiya va qurolli kuchlar harbiylariga koronavirus sabab mamlakatda o‘rnatilagn karantin tartiblarini buzishda davom etayotgan shaxslarni ogohlantirmasdan otishga byruq berdi. Bu haqda “Philippine Star” gazetasi xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Keson-Siti shahrida kambag‘al qatlamga mansub o‘nlab odamlar mahalliy hokimiyatdan oziq-ovqat so‘rab norozilik namoyishiga chiqishi ortidan tegishli ko‘rsatma berildi. Namoyishning 20 dan ortiq ishtirokchisi qo‘lga olingan.

“Politsiya va armiyaga buyrug‘im... agar hayotingizga xavf soluvchi mojaro chiqsa yoki janjal boshlansa, ularni otib tashlang”, degan Duterte.

Filippin milliy politsiyasi rahbari Archi Gamboa xodimlari hech kimni o‘ldirmasligini ma’lum qildi.

“Albatta yo‘q, aftidan, Prezident oshirib yubordi”, degan Gamboa politsiyaning Duterte topshirig‘ini bajarishi haqidagi savolga javoban.

Ma’lumot uchun, Filippinda koronavirusga chalinganlar soni 2,3 mingdan ortiq. Shulardan 96 kishi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Filippin koronavirus

Baholaganlar

230

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing