FIFPro FIFA’ga Rossiya masalasida yana bir jiddiy murojaat bilan chiqdi
Sport
−
01 mart 2022 4701 1 daqiqa
Xalqaro professional futbolchilar assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFPro) FIFA'ga Rossiya klublaridagi legionerlar bilan shartnomalarni bekor qilish masalasida murojaat bilan chiqdi. Agarda ushbu murojaat o‘rinli deb topilsa, Rossiya jamopalarida faoliyat olib borayotgan xorijlik futbolchilar hech qanday kelishuvlarsiz klub bilan shartnomani bekor qilishlari mumkin bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, ayni paytda Rossiyada 200 ga yaqin xorijlik futbolchi faoliyat olib bormoqda va ulardan 133 nafari Rossiya Premer ligasi futbolchilari hisoblanadi.
Avvalroq Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) va Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Rossiya jamoalari va klublarining barcha xalqaro musobaqalardagi ishtirokini to‘xtatgani haqida xabar berilgan edi.
Shaxboz Qahhorov
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust