FIFA JCH-2026 logotipini namoyish qildi (foto)
Sport
−
18 may 2023
4255Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) o‘zining rasmiy saytida 2026 yilda AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati logotipini taqdim etdi.
Logotipda Jahon chempionati kubogi va 26 raqami turli ranglarda tasvirlangan. Logotip Los-Anjelesda (AQSH) rasmiy tadbirda taqdim etildi. FIFA AQSH, Kanada va Meksikadagi Jahon chempionati o‘yinlariga mezbonlik qiladigan 16 ta shaharning logotiplarini ham tez orada ommaga taqdim etilishini ma’lum qildi.
2026 yilgi mundial tarixda 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi Jahon chempionati bo‘ladi. Hozirgacha jahon chempionatlarida 32 ta terma jamoa ishtirok etgan. Amaldagi jahon chempioni 2022 yilda Qatarda chempionlikni qo‘lga kiritgan Argentina termasi hisoblanadi.
LiveBarchasi