FIFA yangi transfer qoidalarini ishlab chiqdi

Sport

image

Xalqaro futbol federatsiyasi prezidenti Janni Infantino jahon futboli transfer bozorida o‘zgarishlar bo‘lishini ma’lum qildi. Infantinoning aytishicha, FIFA tomonidan joriy etiladigan yangi qoidalar klublar o‘rtasidagi to‘lovlarni yanada shaffof bo‘lishini ta’minlaydi

“FIFA axborot markazining qoidalari tasdiqlandi, bir necha yil avval tizimni isloh qilish doirasida ish boshlangan edi. Endi transferlar bilan bog‘liq barcha to‘lovlar axborot markaz orqali amalga oshiriladi. Ishni futbolchilarni tarbiyalagan klublarga tovon puli masalalarini hal qilishdan boshlaymiz. Qilayotgan o‘zgarishlarimiz kichik klublarning rivojlanishiga imkon beradi. Futbolga hisobdorlikka asoslangan, daromadlarning adolatli qayta taqsimlanishini qo‘llab-quvvatlaydigan transfer tizimi kerak.  Biz buni nazorat qilmoqchimiz, pul kerakli joyga ketishiga ishonch hosil qilmoqchimiz”, deydi Infantino FIFA kengashi yig‘ilishidan keyingi matbuot anjumanida.

FIFA'ning yangi qoidilariga asosan agentlarga ajratmalar va bir klubdan boshqasiga pul o‘tkazish FIFA axborot markazi orqali amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, FIFA'ning yangi qoidalari 2022 yil 16 noyabrdan kuchga kiradi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

156

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing