FIFA terma jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi. O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Sport

image

Bugun, 25 avgust kuni FIFA (International Federation of Association Football) milliy terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berilgan.

Reytingda birinchi o‘rinni Braziliya terma jamoasi egallagan. Ikkinchi va uchinchi pog‘onani esa mos ravishda Belgiya va Argentina milliy jamoalari band etgan.

FIFA talqiniga ko‘ra, dunyoning eng kuchli 10 ta terma jamoasi bilan tanishing:

1. Braziliya – 1837,56 (FIFA reytingidagi ochkosi);

2. Belgiya – 1821,92;

3. Argentina – 1770.65;

4. Fransiya –1764,85;

5. Angliya – 1737,46;

6. Ispaniya – 1716,93;

7. Italiya – 1713,86; 

8. Niderlandiya - 1679,41; 

9. Portugaliya – 1678,65; 

10. Daniya – 1665,47.

Qayd etish kerakki, futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning 23 iyun kuni e’lon qilingan jadvaldagi singari 77-o‘rinda qayd etilgan. Srechko Katanets shogirdlari bu ko‘rsatkich bo‘yicha Osiyo jamoalari ichida o‘ninchi bo‘lib turibdi. O‘zbekiston terma jamoasidan oldinda Eron (22 – FIFA reytingidagi o‘rni), Yaponiya (24), Janubiy Koreya (28), Avstraliya (39), Qatar (48), Saudiya Arabistoni (53), BAA (69), Iroq (70), va Oman (77) mamlakatlari bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston milliy terma jamoasi FIFA

Baholaganlar

875

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing