FIFA Prezidenti koronavirusga chalindi

Sport

image

Kecha, 27 oktyabr kuni FIFA Prezidenti Janni Infantinoda koronavirus aniqlandi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar bergan. 

Infantinoda koronavirus aniqlangach, u o‘zini izolyatsiya qilgan.

FIFA ma’lumotlariga ko‘ra, Infantinoda koronavirusning yengil alomatlari kuzatilmoqda. U kamida o‘n kun karantinda o‘tiradi.

"So‘nggi bir necha kun ichida FIFA Prezidenti bilan aloqada bo‘lgan barcha odamlar tegishli ravishda xabardor qilingan va zarur choralarni ko‘rishga da’vat etilgan", deyilgan bayonotda.

Ma’lumot uchun, Infantino 2016 yilning fevral oyida FIFA Prezidenti etib saylangan. U tashkilotdagi ko‘plab korrupsiya mojarolaridan so‘ng iste’foga chiqqan Yozef Blatterning o‘rnini egallagan.


Maqola muallifi

Teglar

janni infantino

Baholaganlar

16

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar