FIFA’ning sobiq prezidentida koronavirus aniqlandi

Sport

image

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) ning sobiq prezidenti Yozef Blatter koronavirusga chalindi. Bu haqda “The Athletic” xabar bermoqda.

Sobiq prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u koronavirus yuqtirib olgan va 14 kunlik karantinga olingan. Blatterning ta’kidlashicha, unda hech qanday alomatlar qolmagan va u yana kurashishga tayyor.

“Menda shamollash va yuqori harorat bor edi. O‘zimni faqat bir kecha yomon his qildim xolos. Ikki hafta davomida hech qanday alomat sezilmadi. Hozir o‘zimni yaxshi his qilyapman”, deya qo‘shimcha qildi u.

Ma’lumot o‘rnida, Yozef Blatter 1998 yildan to 2015 yilgacha Xalqaro futbol federatsiyasini boshqargan va korrupsion mojaro ortidan lavozimidan chetlatilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning oktyabr oyi oxirlarida FIFA’ning hozirgi prezidenti Janni Infantinoda ham koronavirus aniqlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Yozef Blatter

Baholaganlar

27

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar