FIFA Eronga mundialda ishtirok etish bo‘yicha kafolat beradi
Sport
−
14:57 384 1 daqiqa
Bugun, 16 may kuni Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) bosh kotibi Mattias Grafstrem Istanbul shahrida Eron va Iroq futbol federatsiyalari vakillari bilan uchrashadi va Eron terma jamoasining bo‘lajak Jahon chempionatidagi ishtiroki yuzasidan kafolat beradi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Eron terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichidagi uchala uchrashuvini ham Amerika Qo‘shma Shtatlarida o‘tkazishi rejalashtirilgan. Biroq Amerika Qo‘shma Shtatlari va Isroilning Eronga qarshi harbiy harakatlari boshlanganidan keyin jamoaning musobaqadagi ishtirokiga oid savollar paydo bo‘lgandi.
Joriy yilning aprel oyining oxirida Mehdi Tojga Vankuver shahrida o‘tadigan FIFA yig‘ilishiga qatnashish uchun Kanadaga kirishga ruxsat berilmadi. Bunga uning Kanada va Amerika Qo‘shma Shtatlarida terrorchi tashkilot sifatida tan olingan Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bilan aloqalari sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Shuningdek, Mehdi Toj Eron terma jamoasi hali Jahon chempionati uchun Amerika vizalarini olmaganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, Iroq terma jamoasining 5 nafar futbolchisiga ham Jahon chempionatida ishtirok etish uchun AQSH vizasi berilmagani ma’lum bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Eron musobaqa guruh bosqichida Los-Anjelesda ikkita va Sietlda bitta uchrashuv o‘tkazadi. Eron guruhda Belgiya, Misr hamda Yangi Zelandiya terma jamoalari bilan bahs olib boradi.

Live
Barchasi